Saudiya klubi Muhammad Salah uchun katta maosh taklif qildi
“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Salah faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Indykaila News nashrining xabariga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan Saudiya klubi misrlik futbolchi uchun haftasiga 2,5 million funt sterling, yiliga esa 120 million funt sterling miqdorida maosh taklif qilgan.
Bu holat ortidan ko‘plab klublar futbolchiga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, Saudiya Arabistonining 5 ta klubi — “An-Nassr”, “Al-Hilol”, “Al-Ittihod”, “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya” Salah uchun taklif yuborishga tayyor ekani aytildi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Muhammad Salah 2017 yil yozidan beri “qizillar” safida harakat qilmoqda. Shu vaqt davomida futbolchi klub bilan Angliya Premer-ligasi, Chempionlar Ligasi, mamlakat kuboklari, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va boshqa bir qancha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.