Saudiya ikki klubi Maguayrga qiziqish bildirmoqda
32 yoshli futbolchining "MYu" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil iyun oyida yakunlanadi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted” himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” uning shartnomasini uzaytirishga qaror qilsa, Saudiya jamoalaridan kelgan yirik takliflarni rad etishga tayyor.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yil iyun oyida yakunlanadi. Unga “An-Nasr” va “Al-Ittifoq” klublari tomonidan qiziqish bildirilgan. Bu klublar Maguayr uchun haftasiga 500 ming funt sterling atrofida maosh taklif qilmoqchi.
Futbolchining o‘zi “Manchester Yunayted”da qolishni afzal ko‘radi. Shu bois, u yaqin haftalarda yangi shartnoma borasida muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist