locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Saudiya ikki klubi Felish uchun da’vogarlik qilmoqda

Futbol 28 iyn 2025 da 13:50
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Saudiya ikki klubi Felish uchun da’vogarlik qilmoqda
Photo: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Joau Felish Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda talkSPORT.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchiga pro-ligaga yangi chiqqan “Neom” klubi qiziqish bildirmoqda. “An-Nasr” ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda.

“An-Nasr”ning asosiy maqsadi “Liverpul” vingeri Luis Dias hisoblanadi. Agar kolumbiyalik futbolchi Riyod klubiga kelmasa, Felishga e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Milan”da ijarada o‘tkazdi. “Rossonerilar” tarkibida barcha turnirlarda 21 o‘yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting