locale OZ

Saudiya ikki klubi Dovbik uchun kurashmoqda

“Roma” rahbariyati ham hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya ikki klubi Dovbik uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Radio Radio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ukrainalik forvard xizmatiga “An-Nasr” va “Al-Ittihod” jamoalari tomonidan qiziqish bildirilyapti.

Bu klublar Dovbikni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bitim summasi 28 million yevro deb baholanmoqda.

O‘z navbatida, “Roma” rahbariyati ham hujumchini qo‘yib yuborishga tayyor.

U o‘tgan yil yozidan beri rimliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt davomida barcha musobaqalarda 47 o‘yinda qatnashib, 17 gol va 4 assist qayd etgan. Transfermarkt portali Artyomni 30 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting