locale OZ

Saudiya Arabistonining 3 ta klubi Golovinga qiziqish bildirmoqda

Golovin 2018 yildan beri «Monako»da to'p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya Arabistonining 3 ta klubi Golovinga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistonining uchta klubi Aleksandr Golovinga qiziqish bildirmoqda.

«Al-Ittihod», «Al-Qodisiya» va «Al-Diriya» «Monako» yarim himoyachisiga qiziqish bildirgani haqida «RB Sport» xabar berdi.

Transferning amalga oshishi klublar taklif qiladigan shartlarga bog'liq.

«Zenit» ham futbolchiga qiziqish bildirgan – bu boradagi muzokaralar may oyida bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Golovin 2018 yildan beri «Monako»da to'p surmoqda.

O'tgan mavsum Liga 1da u 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting