locale OZ

Saudiya Arabistoni yana bir mezbonlik arizasida yutib chiqdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saudiya Arabistoni yana bir mezbonlik arizasida yutib chiqdi
Photo Telegram

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Musobaqalar qo‘mitasining kecha Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi yig‘ilishida 2026 yildan 2028 yilgacha bo‘lgan navbatdagi uchta U17 Osiyo Kubogiga Saudiya Arabistoni mezbon sifatida tanlandi.

Ushbu musobaqa mezbonligi uchun Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF), Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) va Iroq futbol assotsiatsiyasi ariza topshirgandi.

Qo‘mita CFA va SAFF mezbonlik uchun talablarga javob berganini ta’kidladi, biroq avvalroq OFK Ayollar futboli qo‘mitasi 2026–2028 yillardagi OFK U17 Ayollar Osiyo Kubogini Xitoyga berish to‘g‘risidagi qarorini inobatga olgan holda, erkaklar o‘rtasidagi ushbu musobaqani Saudiyaga berishga kelishdi.

Ushbu qaror OFK Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting