Saudiya Arabistoni Deshamga 8 yillik shartnoma taklif etishga tayyor
Mutasaddi 2012 yildan buyon "uch ranglilar"ni boshqarib keladi.
ФОТО: Getty images
Fransiyalik mutaxassis Didier Desham Saudiya Arabistonidan taklif olishi mumkin. Bu haqda Sky Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, 57 yoshli murabbiyga sakkiz yillik mehnat shartnomasi taklif etilishi ehtimoldan xoli emas.
Deshamni mamlakat 2034 yilda o‘zida o‘tadigan jahon chempionatiga milliy terma jamoani tayyorlaydigan murabbiy sifatida ko‘rishmoqda. Saudiya Arabistonida mundialda medallar uchun kurashish niyati bor.
Avvalroq matbuotda Desham 2026 yildagi jahon chempionati yakunlangach, Fransiya terma jamoasi murabbiyligidan ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mutasaddi 2012 yildan buyon "uch ranglilar"ni boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida Fransiya 2018 yildagi JChda g‘alaba qozongan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist