Sarvar Husanov: «Oson bo‘lmagan g‘alabaga erishdik»
Birinchi liga 4-turidan o‘rin olgan «Guliston» - «Respublika FJ» (4:1) o‘yinidan so‘ng mezbonlar darvozaboni30201 Sarvar Husanov o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalambor, stadionga kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ob-havo yomg‘irli bo‘lishiga qaramay, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurishdi. Raqib yoshlardan iborat edi. Shu sababli oson bo‘lmagan g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba yo‘lida mehnat qilishdi. Keyingi o‘yinlarda ham mana shunday muvaffaqiyatlarni qayd etishda davom etamiz.
Ikkinchi bo'limda jamoamiz gollar urib olganidan keyin biroz xotirjamlikka berildi shekilli, raqib ko‘proq hujumga o‘tdi. Bunday holatlarga e’tibor qaratamiz va keyingi o‘yinlarda buni takrorlamaslikka harakat qilamiz», — dedi Husanov.