locale OZ

Sarri sobiq shogirdini \"Latsio\"ga taklif qilmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sarri sobiq shogirdini "Latsio"ga taklif qilmoqda
Photo: Getty Images

“Milan” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik faoliyatini Rimning “Latsio” jamoasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Janluka Di Marzio.

Qayd etilishicha, ingliz futbolchisi, 29 yoshli sportchi, Rim klubining yozgi asosiy transfer maqsadi sanaladi.

“Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Chelsi”da Loftus-Chik bilan birga ishlagan va uning o‘yinlarini yuqori baholaydi.

O‘tgan mavsum futbolchi “rossonerilar” safida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting