locale OZ

Sarr: «Oldinda uchinchi o‘yinimiz bor. G‘alaba uchun borimizni beramiz»

Senegal yarim himoyachisi Norvegiyaga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sarr: «Oldinda uchinchi o‘yinimiz bor. G‘alaba uchun borimizni beramiz»
ФОТО: Getty images

Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi Ismaila Sarr Norvegiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Norvegiyaga qarshi o‘yindan keyin juda og‘ir bo‘ldi. Biroz tushkunlikka tushdik. Ammo bu hali oxiri emas — oldinda uchinchi o‘yin bor. Biz u yerga g‘alaba uchun boramiz va qattiq mehnat qilamiz», — dedi futbolchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Hozircha Norvegiya 6 ochko bilan I guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqishni kafolotlagan. Birinchi o‘rinda ham 6 ochko jamg‘argan Fransiya terma jamoasi joylashgan. Keyingi o‘rinlarda Senegal va Iroq birorta ochkosiz turibdi.

Ma’lumot uchun, 26 iyun kuni Fransiya va Norvegiya o‘zaro bahs olib boradi, Senegal esa Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting