locale OZ

Sardor To‘xtayev: «Birinchi ligada g‘olib chiqish va Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish»

"Lochin" ustozi "Oq-tepa"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sardor To‘xtayev: «Birinchi ligada g‘olib chiqish va Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish»
Фото: Birinchi liga

Birinchi liga pley-off o‘yinida “Lochin” klubi “Oq-tepa”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng qashqadaryoliklar ustozi Sardor To‘xtayev o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugun bahs keskin kurashlarga boy o‘tishiga tayyor edik. Angliya futboliga xos yomg‘irli ob-havoda to‘p surish ham o‘ziga yarasha qiziqarli bo‘ldi. Qashqadaryodan kelgan muxlislar uchun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ularga ham, futbolchilarga ham o‘yin uchun rahmat aytaman.

Kelgusi rejalarimiz aniq. Birinchi ligada g‘olib chiqish va Proliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish”, - dedi To‘xtayev PFL matbuot xizmati bilan suhbatda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting