locale OZ

Sardor Qobuljonov «Kattaqo‘rg‘on»da

U dekabr oyigacha “Kattaqo‘rg‘on” jamoasi safida harakat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sardor Qobuljonov «Kattaqo‘rg‘on»da
Фото: Хоразм ПФК

Pro ligada sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan "Kattaqo‘rg‘on" futbol klubi o‘z safini tajribali darvozabon bilan kuchaytirdi.

Sports24.uz xabar berishicha, jamoa tajribali darvozabon Sardor Qobuljonov bilan shartnoma imzoladi.

39 yoshli kiper o‘tgan mavsumni Superliganing “Xorazm” jamoasida o‘tkazib, Superliga doirasida 11 ta bahsda maydonga tushgan.

U bilan joriy yilning dekabr oyigacha “Kattaqo‘rg‘on” jamoasi safida harakat qiladi.

Qobuljonov karerasi davomida "Metallurg", "Oqtepa", "Buxoro", "Neftchi", "Lokomotiv", "Surxon", "Vaxsh" (Tojikiston) singari klublar darvozasini qo‘riqlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting