locale OZ

Sardor Mahmudov: «3 ochkoning qadri oshib ketdi»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Sardor Mahmudov: «3 ochkoning qadri oshib ketdi»
Фото: Каттақўрғон

Pro liganing avvalgi turida "Metallurg" darvozasini ishg'ol qilgan Sardor Mahmudov bugun uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Hozirgi paytda hech qaysi raqibga qarshi xotirjam maydonga chiqolmaysiz. Oson o'yinning o'zi yo'q. FarDU jamoa sifatida yaxshi shakllangani hech kimga sir emas. Bugun raqibimiz musobaqa jadvalida bizni ta'qib qilayotgani 3 ochko qadrini yana ham oshirib yuboradi. Xudo xohlasa, muxlislarni xursand qilish uchun chiqamiz maydonga.

- Murabbiylar shtabidagi o'zgarishdan keyin taktik sxema ham almashdi. Bu qiyinchilik tug'dirmayaptimi sizga?

- Yangicha qarashlarga moslashish, taktikani o'rganish tashqaridan ko'ringanidek oson ish emas. Buni barcha futbolchilar biladi. Vaqt qisqa bo'lishiga qaramasdan, Yuriy Anvarovichning g'oyalarini maydonda ko'rsatishga bor kuchimiz bilan harakat qilyapmiz. Nasib etsa, o'yindan o'yinga faqat progress bo'ladi.

- Mavsum davomida har ikkala qanot himoyachisi va vingeri sifatida ko'rdik. O'zingiz uchun eng qulay pozitsiya qaysi?

- Men o'zimni maydonda qulay his qilaman. Qaysi nuqtasida bo'lishim muhim emas. Bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilaman.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting