locale OZ

Sardor Jahonov: \"Ispaniyalik mutaxassis meni yaxshi bilgani uchun Afg‘oniston klubiga taklif qildi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sardor Jahonov: "Ispaniyalik mutaxassis meni yaxshi bilgani uchun Afg‘oniston klubiga taklif qildi"
Photo: Getty Images

O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Sardor Jahonov Afg‘oniston chempioni "Abu Muslim" klubi bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng Tribuna.uz muxbiri u bilan suhbatlashdi.

"Afg‘onistonning "Abu Muslim" jamoasi OFK Challenge turnirining saralash o‘yinlarida qatnashadi. Shu sabab tarkibni kuchaytirishni rejalashtirishgan. Natijada menga taklif bilan chiqishdi. Jamoani ispan mutaxassisi boshqarmoqda. U ilgari Hindistonda ishlagan va meni yaxshi biladi. Hammasi sharoitlari ma'qul keldi va o‘zaro kelishuv asosida bir oylik bitim imzoladim. 12-avgust kuni OFK Challenge kubogida Butan klubiga qarshi o‘ynaymiz.

Bu o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Ispaniyalik mutaxassis qiziqarli mashg‘ulotlar olib boryapti. Maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Tayyorlik ham shunga yarasha davom etmoqda.

Jamoada mendan tashqari yana 5 nafar xorijlik futbolchilar bor. Afrikalik 2 ta, Kolumbiya, Braziliya va Angliyadan futbolchilar ham "Abu Muslim"da to‘p suradi.

To‘g‘risi, Afg‘oniston klubini tanlaganim sababi OFK Challenge kubogi saralashida o‘ynashni istadim. Agar raqibimizni yenga olsak, turnirdagi ishtirokimizni davom ettirishimiz mumkin. Aynan shu jihati "Abu Muslim"ning taklifini qabul qilishimga turtki bo‘ldi", – deydi Jahonov.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting