locale OZ

Sardor Azmun Eron terma jamoasiga qaytdi — oldinda O‘zbekiston bilan o‘yin

Azmun JCh-2026 uchun Eron tarkibiga kiritilmagan edi.
Sardor Azmun Eron terma jamoasiga qaytdi — oldinda O‘zbekiston bilan o‘yin
Foto: Getty Images

Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun milliy jamoaga qaytdi. 31 yoshli futbolchi JCh-2026dan keyingi ilk yig‘in uchun Amir G‘alenoi tomonidan terma jamoaga chaqirildi. U O‘zbekiston va Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Azmun JCh-2026 uchun Eron tarkibiga kiritilmagan edi. Endi esa tajribali hujumchi yana milliy jamoa safida. Futbolchining o‘zi qaytishidan xursand ekanini bildirib, terma jamoaga nisbatan hech qanday xafagarchiligi yo‘qligini ta’kidladi.

Eronning navbatdagi uchrashuvi aynan O‘zbekistonga qarshi bo‘ladi. Bahs 24-sentabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng eronliklar 29-sentabr kuni Rossiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Sardor Azmun Eron terma jamoasi safida 91 ta uchrashuvda 57 ta gol urgan va mamlakat tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biri hisoblanadi. Hozirda u BAAning “Shabab Al-Ahli” klubida to‘p tepmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting