Sardor Azimov yangi mavsumda ham aNDIJON sharafini himoya qiladI
Yarim himoyachi oʻtgan yili barcha musobaqalarda 35 ta oʻyinda qatnashdi va 1 ta gol muallifi boʻldi.
photo: Andijon fk
“Andijon” klubi yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish doirasida tajribali futbolchilaridan biri Sardor Azimov bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu borada ikki tomon kelishdi va shartnoma imzolandi.
"Azimov ham asli andijonlik boʻlib, 2023-yildan beri jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha 2019-yilda ham “Andijon” uchun toʻp surgan.
Yarim himoyachi oʻtgan yili barcha musobaqalarda 35 ta oʻyinda qatnashdi va 1 ta gol muallifi boʻldi.
Umumiy hisobda esa faoliyati davomida “Andijon” libosida 85 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 4 ta gol urgan va 5 ta assistni bajargan.
Biz Sardorning yangi mavsumda ham jamoamiz safidagi faoliyatiga omad tilaymiz!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor