locale OZ

Sardor Azimov: «Surxon»ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman»

"Andijon" futbolchisi "Surxon" bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sardor Azimov: “Surxonga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman”
Фото: Андижон ПФК

“Andijon” klubi OChL 2-davra doirasida Bahraynning “Al-Xaldiya” jamoasiga qarshi bahsda durang o‘ynagach, endi bor e’tiborini milliy chempionat uchrashuvlariga qaratgan.

Jamoaning yetakchilaridan biri Sardor Azimov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- “Andijon”ning “Al-Xaldiya”ga qarshi o‘yini haqida nimalarni ayta olasiz?

- Yaxshi, chiroyli o‘yin bo‘ldi. Muxlislar kutgan o‘yinni namoyish qila oldik, deb o‘ylayman. Lekin yutib bayram qila olmadik.

- Garchi uchrashuv durang bilan yakun topgan bo‘lsa-da, “Andijon”ning namoyish etgan o‘yini ko‘pchilikka yoqdi. Maydonda o‘ynagan futbolchi sifatida sizga ham manzur bo‘ldimi?

- Bizga faqat g‘alaba bo‘lganda manzur kelardi. Nasib shu ekan, keyingi safar albatta yutib ishqibozlarimizni xursand qilamiz.

- Qiziq tomoni, 3 ta turda ham 0:0 qayd etildi. Bunga qanday izoh berasiz?

- Bizga ham rosa qiziq bo‘lib boryapti. 3 ta uchrashuvda 3 ta durang. Biz albatta guruhdagi holatimizni yaxshilaymiz.

- Guruhdagi uchala raqib bilan o‘ynadinglar. Qaysi raqib kuchliroq ekan?

- To‘g‘risi, menga “Al-Ahli” bilan o‘ynagan o‘yinimiz qiyinroq bo‘ldi.

- “Andijon”ni endi Termizda Surxonga qarshi o‘yin kutyapti. Tayyorlik qanday va nima kutyapsiz?

- Uchrashuvdan keyin darhol “Surxon” bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Chunki taqvim tig‘iz. “Surxon”ga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. Maqsadimiz bitta: g‘alaba bilan ortga qaytish. Nasib bo‘lsa, yutib qaytamiz", - deydi “Andijon” matbuot xizmati.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting