Santush Ozarboyjon bosh murabbiyligidan ketdi
ФОТО: Getty images
Fernandu Santush Ozarboyjon terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda Ozarboyjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (AFFA) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassisning AFFA bilan tuzgan shartnomasi ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.
Jahon chempionati–2026 saralash bosqichida Ukrainaga qarshi o‘yinda milliy jamoani yoshlar terma jamoasi (U-21) bosh murabbiyi Ayhon Abbasov maydonga olib chiqadi.
70 yoshli Santush boshchiligida Ozarboyjon terma jamoasi 11 ta o‘yin o‘tkazib, ikki marta durang qayd etdi va to‘qqiz marta mag‘lubiyatga uchradi. Gollar nisbati esa 4:29 ni tashkil etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist