locale OZ

Santu «Vest Hem»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar

"Vest Hem"ning amaldagi ustoz Graham Potter tez orada ishdan bo‘shatiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Santu «Vest Hem»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar
ФОТО: Getty images

"Nottingem Forest"dan iste’foga chiqarilgan Nunu Eshpiritu Santu "Vest Hem"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda Goal xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Vest Hem"ning amaldagi ustoz Graham Potter tez orada ishdan bo‘shatiladi.

Klub short-listida Slaven Bilić, Stiven Jerrard, Frenk Lempard kabi nomzodlar bo‘lishiga qaramay, “bolg‘achilar” Santu bilan ishlashni rejalashtirmoqda. Tomonlar muzokara o‘tkazmoqda.

"Vest Hem" 5 turdan so‘ng Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida atigi 3 ochko jamg‘argan holda xavfli zonada bormoqda.

Klub navbatdagi tur uchrashuvini 29 sentyabr kuni o‘tkazadi - raqib "Everton" bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting