locale OZ

\"Santos\" va Neymar o‘zaro kelisha olmayapti

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Santos" va Neymar o‘zaro kelisha olmayapti
Photo: Getty Images

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchi Neymar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti, deb xabar bermoqda Globo.com.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi kelishuv shartlari allaqachon tayyor. Jamoa rahbariyati Neymarni 2026 yil dekabr oyigacha mo‘ljallangan bitim imzolashini istamoqda. Neymar esa shartnomani uzaytirish masalasida shoshilmayapti.

Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yil 30 iyungacha amal qiladi. Yaxshi taklif bo‘lsa, Yevropaga qaytishi mumkinligi xabar qilinmoqda.

Neymar yanvar oyida “Santos” safiga borib qo‘shilgan. Klub safida 14ta o‘yinda 3ta gol urgan

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting