“Santos” Neymarning shartnomasi uchun byudjetning 25 foizini sarflaydi
FOTO: Getty Images
Braziliyaning UOL nashri hujumchi Neymarning “Santos” bilan shartnomasi tafsilotlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Braziliya klubida oyiga 3,3 million yevro maosh oladi.
Neymar daromadning 75 foizini homiylar va uning nomi yozilgan futbolkalar savdosidan oladi. Forvardga stadionda uchta VIP zona ajratilgan.
O'yinchi, uning oilasi va do'stlariga samolyotda parvoz qilish, shuningdek, hashamatli mehmonxonalarda yashash uchun haq to'lanadi.
Umuman olganda, “Santos” Neymar uchun yillik byudjetning 25 foizini sarflaydi.
Eslatib o'tamiz, Neymar “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025-yilning yanvar oyida jamoaga qaytgan. Bu davr ichida u jami 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist