locale OZ

«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Shuningdek, «Flamengo» ham braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchi Neymar bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq futbolchiga «Flamengo» ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar va «Santos» o‘rtasidagi muzokaralar ancha ilg‘or bosqichga yetgan. Klub va futbolchi o‘rtasida hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud. Shunga qaramay, «Flamengo» Neymarning transferi uchun kurashga qo‘shilib, uni o‘z safiga jalb etishga urinmoqda. Qayd etilishicha, jamoaning ayrim futbolchilari Neymarning kelishini istamoqda.

33 yoshli hujumchining «Santos» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Neymar Braziliya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting