locale OZ

«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirishni va Barbozani ortga qaytarishni rejalashtirmoqda

Braziliyalik hujumchi JCh-2026 da ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirishni va Barbozani ortga qaytarishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubi 33 yoshli hujumchi Neymar bilan muddati tugagan shartnomani yangilashni va boshqa sobiq tarbiyalanuvchisi — 29 yoshli hujumchi Gabriyel Barbozani «Kruzeyro»dan klubga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Santos» ikkala hujumchi bilan ham kelishuvga yaqin turibdi, ularning imzolanishi esa bir kunda e’lon qilinishi mumkin.

33 yoshli Neymar o‘z futbol faoliyatini boshlagan «Santos»ga 2025 yil yanvar oyida qaytgan va 2025 mavsumida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan hamda 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining «Santos» bilan shartnomasi 31 dekabrda yakunlangan. Hozirda u jarohat olgan, ammo tiklanib, 2026 yilgi Jahon Chempionatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Gabriyel Barboza esa 2025 yil yanvardan buyon «Kruzeyro» sharafini himoya qilmoqda. 2025 mavsumida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda 13 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting