locale OZ

«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha harakatlarni boshladi

Braziliyalik futbolchi amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Santos» Neymar bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha harakatlarni boshladi
FOTO: Getty Images

Braziliyaning «Santos» klubi hujumchi Neymar bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha harakatlarni boshladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

«Santos» Neymar bilan dekabr oyida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga urinmoqda. Bir nechta klublar ham Neymarga qiziqish bildirmoqda, ammo Braziliya klubi superyulduzni saqlab qolishga ishonmoqda», — deb yozdi Skira.

33 yoshli Neymarning «Santos» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrda tugaydi. Joriy mavsum Braziliya A Seriyasida u 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta assist berdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 11 million yevro deb baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting