“Santos” muzeyida Neymarga atab byust o‘rnatildi
Marosimda Neymarning o‘zi ham ishtirok etdi.
Foto: Getty Images
Braziliyaning “Santos” klubi o‘z afsonalaridan biri Neymarga hurmat bajo keltirdi. Klubning “Memorial das Conquistas” muzeyida futbolchining bronza byusti tantanali ravishda namoyish etildi.
Marosimda Neymarning o‘zi ham ishtirok etdi. Shuningdek, muzeyda uning faoliyatidagi muhim yutuqlarni aks ettiruvchi maxsus ekspozitsiya, haykali va imzolangan futbolkasi ham namoyishga qo‘yildi.
“Santos” rahbariyati ushbu tashabbus orqali klub tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri bo‘lgan Neymarning braziliyalik futbol rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Shu tariqa u klub muzeyida alohida byust va ekspozitsiyaga ega bo‘lgan kam sonli afsonalar qatoridan joy oldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist