locale OZ

Santi Kasorla professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi

41 yoshli futbolchining «Real Oviyedo» bilan shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Shundan so‘ng Kasorla hissiyotlarga boy xayrlashuv murojaatini e’lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Santi Kasorla professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi
photo: gettyimages

Ispaniyalik tajribali yarimhimoyachi Santi Kasorla professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

41 yoshli futbolchining «Real Oviyedo» bilan shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Shundan so‘ng Kasorla hissiyotlarga boy xayrlashuv murojaatini e’lon qildi.

«Hayotda hamma narsa tugaydi, deb o‘ylaymiz. Ammo ayrim hikoyalar hech qachon yakunlanmaydi, ular shunchaki yana boshiga qaytadi. Mening hikoyam ham oddiy futbol maydonida, shunchaki futbol o‘ynashni orzu qilgan bola sifatida boshlangan edi.

Faoliyatim davomida unutilmas lahzalarni ham, og‘ir sinovlarni ham boshdan kechirdim. Lekin hech qachon taslim bo‘lmadim. Oxir-oqibat uyimga qaytdim va nima uchun futbolni sevib qolganimni yana bir bor his qildim.

Endi butsalarimni mixga ilaman. Hammasi sehr boshlangan joyda yakun topdi. Chunki ayrim hikoyalar tugamaydi, ular abadiy yashaydi», — dedi Kasorla.

Eslatib o‘tamiz, Santi Kasorla «Real Oviyedo» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «Vilyarreal», «Rekreativo», «Malaga», «Arsenal» va «As Sadd» klublari safida ham to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Kasorla «Arsenal» bilan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini uch martadan qo‘lga kiritgan. Ispaniya milliy jamoasi safida 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urgan hamda 2008 va 2012 yillarda Yevropa chempioniga aylangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting