locale OZ

Sanjar Shoahmedov — «Metallurg» futbolchisi

Shoahmedov o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanjar Shoahmedov — «Metallurg» futbolchisi
Фото: Металлург ПФК

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Metallurg» tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal suratlarda olib bormoqda.

Jumladan, yarim himoya chizig‘iga yana bir tajribali futbolchi Sanjar Shoahmedov taklif etildi.

Ma`lumot uchun, Shoahmedov 1990-yil 23-sentabr kuni Toshkentda tavallud topgan. Faoliyati davomida futbolchi OKMK, "Lokomotiv", "Al Sayliya" (Qatar), "Terrenganu" (Malayziya), "Qizilqum", "Dinamo", "So‘g‘diyona" va "Xorazm" kabi klublarda to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Sanjar Shoahmedov o‘tgan mavsum "Xorazm" klubi safida harakat qildi. Superliganing 14 ta va O‘zbekiston Kubogi doirasidagi 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan yarim himoyachi 4 ta assist muallifiga aylangan.

"Tajribali yarim himoyachi yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Sanjar Shoahmedovga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz.

Sanjar Shoahmedov
Tug‘ilgan sanasi: 23.09.1990
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Bo‘yi: 1.73
Ampluasi: Yarim himoyachi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting