locale OZ

Sanjar Quvvatov «Paxtakor»ga qaytdi

Quvvatov bilan bir yillik bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanjar Quvvatov «Paxtakor»ga qaytdi
Фото: Пахтакор ПФК

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi transfer mavsumidagi birinchi kelishuvini amalga oshirdi.

Tajribali darvozabon Sanjar Quvvatov "sherlar" safiga qaytdi. U ikki yillik tanaffusdan so‘ng "Paxtakor"ga qaytmoqda.

"Paxtakor" tarkibida 2019-23 yillar davomida 106 o‘yinda maydonga tushgan Sanjar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekildi. Quvvatov "Sherlar" safida 5 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lib, 2 martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

"Umid qilamizki, u yana jamoamizga sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi", - deyiladi klub xabarida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting