locale OZ

Sandro Tonali — «Tottenhem» futbolchisi

Italiyalik futbolchi «taqachilar»ga 92,5 million funtga tushadi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sandro Tonali — «Tottenhem» futbolchisi
photo: gettyimages

Sandro Tonali «Nyukasl»dan «Tottenhem»ga o‘tadi.

Fabritsio Romano yozishicha, klublar 26 yoshli yarimhimoyachining transferi borasida kelishuvga erishdi. Italiyalik futbolchi «taqachilar»ga 92,5 million funtga tushadi. Agar jamoa bir necha bor YECHLga chiqsa, yana 7,5 mln funt bonuslar qo‘shiladi.

Tonali «Tottenhem» tarixidagi eng yirik transferga aylanadi. Avvalgi rekord 2024 yilda «Bornmut»dan 65 million funtga sotib olingan Dominik Solankega tegishli edi.

Shuningdek, londonliklar «Vest Hem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandeshni 85 million funtga sotib olishga yaqin.

Tonali o‘tgan mavsumda APLda 35 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting