locale OZ

«Sanderlend» Ximenes uchun da'vogar

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sanderlend»  Ximenes uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

“Sanderlend” “Milan” hujumchisi Santyago Ximenes uchun 30 million yevrolik transfer shartnomasini tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda La Repubblica nashri.

Manba bergan xabarga ko'ra, "rossonerilar" allaqachon ingliz klubining taklifini qabul qilib bo'lishgan.

"Sanderlend" futbolchini yanvarda sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. Qora mushuklar hozirda Ximenesni ularga qo'shilishga ishontirishga harakat qilmoqdalar.

Joriy mavsumda milanlik hujumchi barcha turnirlar doirasida 11ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting