locale OZ

Sanderlend va Nyukasl Genduzi uchun kurashmoqda

Genduzi rimliklar bilan shartnomani 2028 yilgacha imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanderlend va Nyukasl Genduzi uchun kurashmoqda
ФОТО: Getty images

"Latsio" markaziy yarim himoyachisi Matteo Genduzi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli fransuz futbolchiga "Sanderlend" va "Nyukasl" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Latsio" fransiyalik futbolchining transferidan 30 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Genduzi Italiya chempionatida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Genduzi rimliklar bilan shartnomani 2028 yilgacha imzolagan. Transfermarkt internet portali mutaxassislari havbekni 32 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting