\"Sanderlend\" Mandavaning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Sanderlend" mozambiklik himoyachi Reynaldo Mandavani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolangan. Mandava so‘nggi uch yil davomida "Atletiko Madrid" futbolchisi edi.
“Qora mushuklar”ning yangi futbolchisi himoyaning chap qanotida ham, markazda ham o‘ynay oladi, yarim himoyaning chap qanotiga ham ko‘tariladi.
O‘tgan mavsum oxirida "Sanderlend" bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana Premyer-ligaga qaytdi. Mandava esa o‘tgan mavsumda “matraschilar” safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor