locale OZ

«Sanderlend» «Manchester Yunayted»ning uch oʻyinlik g‘alabali seriyasiga chek qoʻydi

Mankunianliklar Kerrik qoʻl ostida ilk bor gol ura olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Sanderlend» «Manchester Yunayted»ning uch oʻyinlik g‘alabali seriyasiga chek qoʻydi
FOTO: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida «Manchester Yunayted» hamda «Sanderlend» jamoalari o‘rtasidagi bahsda 0:0 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, «qora mushuklar» «qizil iblislar»ning APLdagi ketma-ket uchta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘yishdi.

Ushbu durangga qadar «Manchester Yunayted» jamoasi «Chelsi» (1:0), «Brentford» (2:1) va «Liverpul» (3:2) klublarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, «Sanderlend» 48 ochko bilan Angliya chempionati yuqori divizioni turnir jadvalida 12-pog‘onani egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 65 ochko bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Navbatdagi turda, 17 may kuni «qora mushuklar» safarda «Everton» bilan kuch sinashishsa, «qizil iblislar» shu kuni o‘z maydonlarida «Nottingem Forest»ni qabul qilishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting