locale OZ

«Sanderlend» Jakaning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Sanderlend" Jakaning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Bayer" va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Sanderlend" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Granit Jaka transferini e'lon qildi. Shveytsariyalik yarim himoyachi "qora mushuklar" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Fabrizio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Bayer" o'z futbolchisi uchun "Sanderlend"dan 20 million yevro oladi. Jaka 2023 yildan Leverkuzen safida to'p surdi va Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi. U jami 99 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting