locale OZ

\"Sanderlend\" Diarra transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Sanderlend" Diarra transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

“Sanderlend” Habib Diarraning transferini rasman e'lon qildi.

Angliya klubi 21 yoshli yarim himoyachini “Strasburg”dan 35,5 million yevro evaziga xarid qildi. Bitimda qo'shimcha bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Diarra “qora mushuklar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining maoshi esa hozircha oshkor qilinmadi.

Avvalroq “Vest Xem”, “Bayer” va “Bolonya” klublari ham Diarra xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.

O'tgan mavsumda u Fransiya chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting