«Sanderlend», «Aston Villa» va «Vulverhempton» Garsiya uchun kurashmoqda
Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
Madridning “Real” klubi yosh hujumchi Gonsalo Garsiyani Angliya Premer-ligasi klublariga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Qayd etilishicha, ispan grandi muzokaralarga ochiq va 20 million yevrolik taklif kutmoqda. 21 yoshli futbolchiga "Sanderlend", "Aston Villa" va "Vulverhempton" klublari qiziqish bildirmoqda.
Tez orada bu klublar transfer borasida rasmiy so‘rovlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Garsiya joriy mavsumda "Real Madrid" safida barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist