locale OZ

Sancho uchun 3 klub da'vogarlik qilmoqda

Futbolchi "MYU"ga ham kerak emas
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sancho uchun 3 klub da'vogarlik qilmoqda
Photo: Getty Images

“Chelsi”da ijarada o‘ynagan Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytadigan bo‘ldi.

TeamTalk xabariga ko‘ra, yozgi transferlar oynasida 3 ta klub 25 yoshli vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Unga “Napoli”, “Aston Villa” va “Milan” jamoalari ko‘proq qiziqish bildirgan va bu klublar Sancho bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor.

Qayd etilishicha, agar Sancho haftasiga 300 ming funt sterling miqdoridagi maoshini kamaytirishga rozi bo‘lganida, “Chelsi”da qolishi mumkin edi. Biroq uning moliyaviy talablari London klubiga to‘g‘ri kelmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting