Sancho Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images
“Manchester United” vingeri Jadon Sancho faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotospor xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Beşiktaş" qiziqish bildirmoqda. Klub Sancho barcha moliyaviy talablarini bajarishga tayyor.
Faqat yakuniy qaror Sanchoning o'ziga bog'liq bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, matbuotda Sancho yana Dortmundning "Borussiya"siga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jadon Sancho o'tgan mavsum ijaraga asosan "Chelsea"da o'ynagan edi. London klubi tarkibida Premer-ligada 31 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritgan va 4 ta golli pas uzatgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist