Sancho \"Roma\"ga o‘tishdan bosh tortdi
Photo: Getty Images
“Manchester Yunayted” vingeri Jeydon Sancho “Roma”ga o‘tmaslikka qaror qildi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 25 yoshli ingliz futbolchisi borasida “Roma” bilan 20 million funtga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Keyinchalik futbolchi rimliklar taklifini qabul qilmagan va transferni rad etgan.
O‘tgan mavsumda Sancho “Chelsi”da ijarada o‘ynab, barcha turnirlar doirasida 42 ta bahsda gol+assist bo‘yicha 15 (5+10) ochko to‘plagandi.
Unga “Beshiktosh” jamoasi ham qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi Sancho istayotgan maoshni berishga rozi bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist