Sancho «Roma» taklifini rad etdi
Фото: Getty Images
“Manchester United” vingeri Jeydon Sancho “Roma” taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi hozirda Chempionlar Ligasida qatnashayotgan klub safiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
Rim klubi ham Sanchoning transferi borasida hafsalasi pir bo‘lgan va uning o‘rniga yangi o‘yinchi izlashni boshlagan.
“Roma” rahbariyati uchun Jeydondan keyingi ideal nomzod sifatida “Chelsea”ning 19 yoshli futbolchisi Tayrik Jorj nomi tilga olinmoqda.
Tayrik ham Italiya klubiga o‘tishga rozi, ammo u ijara asosida transfer qilinishini xohlamayapti.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist