locale OZ

Sancho «MYu»ga qaytdi

Sancho birmingemliklar safida faqat bir marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sancho «MYu»ga qaytdi
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” vingeri Jeydon Sancho qishda “Manchester Yunayted”ga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba maʼlumotlariga ko‘ra, bir necha oy avval ijaraga olingan 25 yoshli futbolchining holati va o‘yini “Aston Villa” rahbariyatini qoniqtirmayapti.

Sancho birmingemliklar safida faqat bir marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi.

“Aston Villa” Sanchoni yozgi transfer oynasida "qizil iblislar"dan ijaraga olgan edi. Shundan beri u 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi va birorta golda ishtirok etmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting