Sancho «Inter» bilan muzokara o'tkazmoqda
Фото: Getty Images
“Manchester United” vingeri Jadon Sancho faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “neradzurralar” 25 yoshli ingliz futbolchisining vakillari bilan aloqa o'rnatgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, “Inter” transfer oynasi yakunigacha tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Klub uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Avvalroq “Roma” Sanchoning transferi uchun “MYU”ga 23 million yevro taklif qilgandi. Biroq futbolchi “bo'rilar” bilan maosh borasida kelisha olmagani aytilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist