locale OZ

Sancho \"Chelsi\"ni tark etadi

Futbolchi maosh borasida kelisha olmadi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sancho "Chelsi"ni tark etadi
Photo: Getty Images

Jeydon Sancho “Chelsi"ni tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, London klubi 25 yoshli vinger bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelisha olmadi. Natijada “Chelsi” futbolchini sotib olmaydigan bo‘ldi.

Jeydonning Manchester jamoasidagi haftalik maoshi 250 ming funt edi. U “aristokratlar” safida ham shuncha maosh olishni istagandi. Biroq London klubi futbolchiga buncha pul berishga rozi bo‘lmadi.

“Chelsi” ingliz vingerini 25 mln funtga sotib olmagani uchun mankunianlarga 5 mln funt kompensatsiya puli to‘laydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting