locale OZ

Sancho «Borussiya»ga qaytish uchun maoshini kamaytirishga rozi

Futbolchi "Aston Villa"da ijara asosida o'ynamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sancho «Borussiya»ga qaytish uchun maoshini kamaytirishga rozi
ФОТО: Getty images

Hozirda “Aston Villa” safida ijara asosida to'p tepayotgan Jeydon Sancho “Borussiya”ga qaytishni rejalashtirmoqda.

BILD nashrida keltirilishicha, ingliz futbolchisi doimiy ko'chib o'tishni amalga oshirish uchun maoshini ikki barobar qisqartirishga tayyor.

Ingliz vingeri qaytish uchun aniq shartlarni belgilagan. Unga ko'ra, Jeydon doimiy asosiy tarkibda o'ynash kafolati, rahbariyat bilan muntazam muloqot va Yevrokuboklarda ishtirok etish imkoniyatini so'ragan.

Uning transfer huquqi “Manchester United”ga tegishli. Biroq manchesterliklar undan imkon boricha tezroq qutulmoqchi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting