locale OZ

Sanches, Karreras, Garsiya. Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomadan tushib qolgan 6 nafar futbolchisi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi JCH-2026 uchun yakuniy qaydnoma e’lon qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanches, Karreras, Garsiya. Ispaniya terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomadan tushib qolgan 6 nafar futbolchisi
ФОТО: Getty images

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 uchun yakuniy qaydnoma e’lon qildi. Ro‘yxatdan tushib qolgan bir nechta o‘yinchilar haqida so‘z yuritamiz.

Robert Sanches

Sanches hali ham "Chelsi" darvozasida muxlislar fikrini ikkiga bo‘lib kelmoqda — u joriy mavsumda Premer-ligada 47 ta gol o‘tkazib yubordi.

Shunga qaramay, uning obro‘si bir paytlar ancha yuqori bo‘lgan va u 2021–2024 yillar oralig‘ida Ispaniya terma jamoasi safida uch marta maydonga tushgan. Shuningdek, u Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi jahon chempionatida ham jamoa tarkibida edi.

Darvozada Unai Simon, David Rayya va Joan Garsiya kabi raqobatchilar bor ekan, bu safar chaqirilmaganiga u ko‘p ham norozilik qilmasa kerak.

Din Xeysen

Bu tarkibdagi "Real Madrid"ning uch nafar o‘yinchisidan birinchisi — Xeysen. U o‘tgan yozda "Bornmut"dagi yorqin mavsumidan so‘ng katta transferga erishgan edi.

Niderlandiyada tug‘ilgan himoyachi xalqaro faoliyatini Ispaniya bilan bog‘lashga qaror qildi. Biroq u jahon chempionatiga qadar “qizil furiya”da 7 ta bahsda maydonga tushdi. Biroq murabbiy Xeysenga ishonch bildirmadi.

Robin Le Norman

Ispaniyada tug‘ilmagan bo‘lsa-da, keyinchalik "La Roja"ni tanlagan yana bir himoyachi — Le Norman. U so‘nggi ikki mavsumni "Atletiko Madrid"da o‘tkazdi. Aynan shu jamoada ko‘rsatgan ishonchli o‘yinlari sababli terma jamoaga jalb qilinayotgandi. Uning Ispaniya terma jamoasi safidagi so‘nggi 27-o‘yini o‘tgan yil oktyabriga to‘g‘ri keladi. De la Fuente yakuniy ro‘yxatga uni qo‘shishni istamadi.

Alvaro Karreras

Bu pozitsiya uchun bir nechta variantlar bor edi. Jumladan, "Barselona"dan Alejandro Balde ham nomzodlardan biri edi.

Karreras o‘tgan yozda "Benfika"dagi o‘yinlari bilan ajralib turib, "Real Madrid"ga ko‘chib o‘tdi. Ispaniya bilan jahon chempionatida ishtirok etishi taxmin qilingandi. Yakunda u ham ro‘yxatdan tushib qoldi.

Niko Gonsales

Gonsales hali Ispaniya milliy jamoasida debyut qilmagan, ammo U21 tarkibida 11 ta o‘yinga ega.

“Manchester Siti”da o‘ynaydi. Garchi Rodri kabi o‘yinchi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. U ham terma jamoa tarkibiga jalb qilinishi mumkinligi taxmin qilindi. Biroq uning debyuti yana kechikadigan bo‘ldi.

Gonsalo Garsiya

Garsiya o‘tgan yozda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida yorqin o‘ynab, katta umidlar uyg‘otgan edi. Biroq u hali bu yilgi jahon chempionatiga borish uchun yetarli darajada o‘zini ko‘rsata olmadi.

22 yoshli hujumchi "Real Madrid"dagi ilk to‘liq mavsumida 8 ta gol urdi, shuningdek Ispaniya U21 jamoasi safida 7 o‘yinda 5 bor to‘p kiritgan. U terma jamoa yig‘ining birinchi haftasiga taklif qilindi.

Hozircha u kelajak uchun iste’dod sifatida qaralmoqda, ammo navbatdagi jahon chempionatiga kelib u faoliyatining eng yuqori nuqtasiga yaqinlashib qoladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting