locale OZ

Sanches «Chelsi»dan «Komo»ga o‘tadi

Bu haqda transfer insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanches «Chelsi»dan «Komo»ga o‘tadi
ФОТО: Getty images

«Komo» «Chelsi» darvozaboni Robert Sanchesni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar bitim shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga kelgan. Bu haqda transfer insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.

28 yoshli ispaniyalik darvozabon yangi mavsumni Italiyaning «Komo» klubida o‘tkazadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sanches bir mavsumlik ijara asosida jamoa safiga qo‘shiladi.

Sanchesning «Chelsi»dan ketishiga londonliklarning Emiliano Martinesni «Aston Villa»dan xarid qilgani asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Argentinalik darvozabon jamoaning asosiy posboniga aylandi, Sanches esa o‘z o‘rnini yo‘qotdi.

Ma’lumot uchun, Sanches 2023 yilda «Brayton»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting