locale OZ

Sanches: «Biz tezkor gol urdik va himoyada ishonchli o'ynadik»

Angliya Kubogi finalida "Chelsi" 16-may kuni "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanches: «Biz tezkor gol urdik va himoyada ishonchli o'ynadik»
ФОТО: Getty images

"Chelsi" darvozaboni Robert Sanches Angliya Kubogining 1/2 finalida "Lids Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Ko'plab o'zgarishlar bilan kechgan og'ir mavsumdan so'ng, agar yozgi tanaffusga qo'limizda sovrin bilan chiqa olsak, bu shunchaki ajoyib bo'lar edi. Yaqin bir necha hafta davomida shu ruhda davom etish kerak, bu kuchli ijobiy turtki beradi. O'ylaymanki, so'nggi bir necha hafta biz uchun oson kechmadi, lekin yigitlar bunga mashg'ulotlarda aqlbovar qilmas tarzda munosabat bildirishdi. Va, albatta, bu maydonda ham ko'rindi — yigitlarning reaksiyasidan, har birining to'p uchun kurashgani va bir-biri uchun jang qilganidan.

"Quruq" o'yin va g'alaba — bu ulkan yutuq. Men bir nechta yaxshi seyvlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldim, lekin bu faqat mening xizmatim emas. Bizning himoyachilarimiz ham raqib zarbalarini bir necha bor to'sishdi, ular doimo to'pni bosh bilan qaytarishdi va, aytganimdek, bir-biri uchun kurashishdi. Biz tezkor gol urdik va himoyada ishonchli o'ynadik.

Esimda, mavsum boshida 15 ta o'yindan to'qqiz yoki 10 tasida "quruq" o'yin o'tkazgandik. Shunday ekan, nazarimda, yana "nolga" o'ynab, ijobiy kayfiyatga qaytish juda ajoyib. Oldinda yana beshta o'yin bor, qo'limizdan kelganini qilamiz", — deb Sanchesning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.

Angliya Kubogi finalida "Chelsi" 16-may kuni "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting