locale OZ

Samvel Babayan: «Umuman olganda, o‘yindan va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqdan mamnunman»

Klub matbuot xizmati Babayandan intervyu oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samvel Babayan: «Umuman olganda, o‘yindan va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqdan mamnunman»
Фото: Андижон ПФК

"Andijon"ning "Vardar"ga (1:1) qarshi o‘tkazilgan uchrashuvidan so‘ng Samvel Babayan klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

"Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining birinchi bosqichidagi uchinchi nazorat o‘yinimizni o‘tkazdik. Umuman olganda, jamoa yaxshi saviyada o‘yin ko‘rsatdi. Ayrim epizodlarda biz talab qilayotgan jamoaviy o‘yin yaqqol ko‘rinib turdi. Birinchi bo‘limda hujumda hamma narsa ham o‘xshamadi, ammo himoyada oldinga siljish kuzatildi.

Ikkinchi bo‘limda boshqa tarkib o‘ynadi va biz bu uchrashuvda barchaga o‘ynash imkoniyatini berdik. Ikkinchi bo‘limda hujumda ko‘proq harakat qildik, kreativlik kuzatildi, ko‘plab gol urish uchun imkoniyatlarni yaratdik va to‘pni yaxshi nazorat qildik.

Umuman olganda, men o‘yin va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqdan mamnunman. Mashg‘ulotlar davomida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilamiz va tuzatamiz", - deydi Samvel Vyacheslavovich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting