locale OZ

Samvel Babayan: «Sabr qilsak, «Andijon» faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi»

Jamoa uchun mavsum yakuniga yetdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samvel Babayan: «Sabr qilsak, «Andijon» faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi»
Фото: Андижон ПФК

“Al-Ahli” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- Afsuski, juda muhim bahsda magʻlubiyatga urchadik. Bu oʻyindagi ijobiy natija guruhdan chiqish imkoniyatinimizni hosil qilardi. Albatta, oʻzimizdan koʻra kuchliroq jamoaga yutqazdik, deb oʻylayman. Uchrashuvga uchta muhim komponentni belgilab olgandik. Oʻyinni tashkil qilish, yuqori tartib-intizom va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq. Aynan shu omillarni vazifa qilib belgilagandik. Afsuski, biz faqat gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqni koʻrsata oldik, xolos. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha esa biz raqib bilan raqobatlasha olmadik. Obyektiv yondashadigan boʻlsak, yigitlarni jon-jahdi bilan harakat qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda nima qilish kerak boʻlsa barchasini bajarishdi. Umumiy maʼnoda, futbolchilarga eʼtiroz yoʻq. “Al-Ahli”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. “Andijon” esa oʻylaymanki, gʻalabalarini keyingi mavsumda davom ettiradi.

- “Andijon” uchun joriy yilgi mavsum tugadi. Endi keyingi yil uchun rejalar qanday?

- Yuqori natijalarga erishish va oʻzbek futbolida oʻz oʻrnimizni yanada mustahkamlash uchun seleksiya ishlarini amalga oshirishimiz kerak. Bu borada kerakli ishlarni amalga oshiryapmiz. Darajasi yuqori boʻlgan oʻyinchilar bilan shartnomalar tuzdik. Keyingi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qilishadi. Oʻylaymanki, yangi keladigan futbolchilar va olib borayotgan ishlarimiz “Andijon”ni kuchli jamoa sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu orqali muxlislarimizni xursand qilamiz. Sabr qilsak, “Andijon” faxrlanadigan darajadagi jamoaga aylanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting