locale OZ

Samvel Babayan: Hozir shunday holatdamizki, biz yanada jipslashishimiz kerak

“Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi oldidan “Al Tumama” stadionida tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Samvel Babayan va yarim himoyachi Damir Temirov ishtirok etdilar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samvel Babayan: Hozir shunday holatdamizki, biz yanada jipslashishimiz kerak
photo: Andijon fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
24.12.2025, Yak.
Al-Ahli
2
Andijon
0

“Al-Ahli” - “Andijon” uchrashuvi oldidan “Al Tumama” stadionida tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida burgutlar bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Damir Temirov ishtirok etdilar.

Samvel Babayan: - Xayrli kech. Ertaga jamoamizni juda muhim oʻyin kutib turibdi. Yana bir bor Qatarda boʻlib turganimdan xursandman. Bu yerda futbol uchun juda ideal sharoitlar yaratilgan. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Biz juda yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushamiz. “Al-Ahli” - bu Qatar futbolining tarixi hisoblanadi. Bu klubda saviyali oʻyinchilar jamlangan. Yulian Drakslerni alohida taʼkidlab oʻtish kerak. U “Al-Ahli”dagi statusi yuqori boʻlgan legionerlardan biri. Biz ertaga kuchli raqib bilan oʻynaymiz. Koʻp narsaga eʼtibor bermaymiz va oʻz maqsadimizga erishish uchun harakat qilamiz. Yaqindagina klubni qabul qilib oldim. Jamoa biroz qiyin vaziyatda qolgan. Oldimizda ikkita muhim oʻyin qolgandi. Biri chempionatda, ikkinchisi OCHL 2 musobaqasida. Birinchisini yaxshi bajardik, ikkinchisi esa ertaga boʻladi. Boshchiligimda albatta bu vazifani ham bajarishga harakat qilamiz. Ijobiy natijaga erishib guruhdan chiqishga intilamiz.

Damir Temirov: - Jamoamizda muhit zoʻr. Hammamiz jangovar holatda keldik. Xudo xohlasa, ertaga yutishga harakat qilamiz.

- Ertangi uchrashuvda kimlar maydonga tusha olmaydi?

Samvel Babayan: - Afsuski, bizda bir qator yoʻqotishlar bor. Oilaviy sabablarga koʻra asosiy oʻyinchilarimizdan biri Otabek Joʻraqoʻziyev bu oʻyinga kela olmadi. Mavsum oxirlariga yaqin bir qator futbolchilarda jarohatlar bor edi. Lekin iloji boricha ushbu uchrashuvga yaxshi holatda yetib kelishga harakat qildik.

- Sizni Qatar jamoalariga qarshi oʻyinlardagi natijangiz ijobiy. Masalan, oxirgi marta “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida bu yerda “Al-Vakra”ni magʻlub etgansiz. Yaʼni, Qatardagi gʻalabali yurishingizni bu safar ham davom ettirishingizga qanchalik ishonyapsiz?

Samvel Babayan: - Ha, haqiqatan Qatar jamoalariga qarshi oʻynash borasida tajriba koʻp. 2023-yilda “Navbahor”ni oʻzim tuzgandim. Yaxshi natijalar koʻrsatgan. Oʻzim yigʻganim uchun oʻyinchilar falsafamizni toʻliq tushunib yetishgandi. Hozirgi paytga toʻxtalsam, men 4 hafta avval jamoani qabul qilib oldim. Yaʼni, klub qanday holatda boʻlsa shundayligicha qabul qildim. Uch haftadan beri biz birgalikda qattiq ishlayapmiz. Ishonamanki, jamoamizni potensiali yuqori. Shuni aytishim mumkinki, oʻtgan turda oʻz uyida “Arkadag”ni yutib, vazifani hal qilsa boʻladigan darajada salohiyati yuqori jamoa edi. Jamoa bilan birga boʻlib, mashgʻulotlarni oʻtkazib, klubni salohiyati yuqori ekaniga ishonch hosil qildim. Lekin shunday boʻlsa-da, bu hol ertangi uchrashuv oldidan zimmamizdan masʼuliyatni olib qoʻymaydi. Hozir shunday holatdamizki, biz yanada jipslashishimiz kerak. Avvalgi qilingan xatolarni toʻgʻrilashimiz va guruhdan chiqish vazifasini bajarishimiz kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting